So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga koʻra, ta’lim sohasida 6 237 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yil 1-avgust holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 1 344 tani tashkil etib, shundan, yirik korxonalar soni 22 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 322 tani tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyatida to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 14,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 3 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari 11 % ni tashkil etmoqda.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 243,6 ming tonna ohaktosh qazib olingan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi fermer xoʻjaliklarida mavjud sigirlar soni 382,9 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida yangi qurilishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 135,8 trln soʻmga yetgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 94,3 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 12,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2023- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari 145 842,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.  

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 12,4 trln soʻmni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga oʻsgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i norasmiy iqtisodiyotida 27 144,3 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 266 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 250,3 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 14 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3,3 mlrd soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

Jizzax viloyati jahonning 68 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (43.8%), koreya 26.8, litva 5.5, chexiya 4.5, turkiya 3.6, Rossiyada (3.6%), Qozogʻistonda (3.5%) qayd etilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylari yakuniga koʻra, sugʻurta xizmatlari hajmi 5 trln soʻmni tashkil etgan.