07/03/2025

      Joriy yilning 7-mart kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasida 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada ishlayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
      Boshqarma boshlig‘i Mulladjanov Dilshod Anvarovich dilbar opa-singillarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.


     Go‘zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo‘lsin.