2025- yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar bosh soni 4 023,6 mingtaga yetdi. 2024- yilning mos davri bilan solishtirganda 101,1 % ni tashkil etdi. Parrandalar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 2 137,4 ming bosh qishloq xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalarda qayd etilganligini taʼkidlash lozim. Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, o‘tgan yilga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’atlari Forish (103,8 %), Zarbdor (103,0 %), Baxmal (102,1 %) tumanlarida qayd etildi.