So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 134,1 tonna vafli va vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni o‘rtacha 53 tani tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 920 180 ming dona tuxum yetishtirilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 257,6 mln litr tabiiy gazlangan mineral suvlar ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasida  2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 6 573,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy kompyuter soni o‘rtacha 69 tani tashkil etdi.  

Joriy yilning 16- oktabr kuni  Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  Narxlar statistikasi boʻlimi xodimlari hamda hududiy statistika bo‘limi narx registratorlari ishtirokida narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr  oylarida Jizzax viloyatida oziq-ovqat  ishlab chiqarish faoliyatini sanoat tarkibidagi ulushi 10,3 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 16- oktabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “SH.Rashidov ” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Qatortol” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

Joriy yilning 16- oktabr kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig'i Djo‘rayeva Zulfiya Jizzax shahar Qaliya mahallasi To'ptolobod  ko'chasi 22- uy Ismilov Sunnat   xonadonida kuzatuvda bo‘ldi.

2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 367 ta bo‘lib, jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 3,1 foiz ulushini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyatida boshqa konchilik faoliyatini sanoat tarkibidagi ulushi 0,8 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyati 68 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yetti yirik hamkor davlatlar (XXR, Janubiy Korea, Litva, Turkiya, Germaniya, Chexiya va Hindiston) jami importning 95,2 % ulushini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 485,7 mlrd so‘mni, 2023-yilning mos davriga nisbatan 165,7 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 10,6 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda mavjud sigirlar soni 84,2 ming boshni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar- iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 125 027,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni o‘rtacha 118 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 912 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 48 055 dona yengil avtomobil import qilgan.