So'nggi yangiliklar

2024- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining transport xizmatlari hajmi 27 237,4 milliard so‘mni tashkil qilgan. 

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 14 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 365 tani tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jami 88,3 ming tonna sabzavot yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 025,0 ming dona avtomobil bamperlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 18- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 18- oktabr kuni  Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari hamda hududiy statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida Investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 18- oktabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Do'stlik ” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Alisher.N” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

2024- yilning yanvar-sentabr  oylarida Jizzax viloyatida to'qimachilik ishlab chiqarish faoliyatini sanoat tarkibidagi ulushi 14,9 % ni tashkil etdi.

2024- yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 55,8 trln soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 35,6 % ini tashkil etgan.

2024- yilning 17- oktabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Mirzacho'l ” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

2024- yilning yanvar-sentabr  oylarida Jizzax viloyatida ichimliklar  ishlab chiqarish faoliyatini sanoat tarkibidagi ulushi 0,2 % ni tashkil etdi.

O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 1 751,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. 

Joriy yilning 17- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 44,6 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yil 1- oktabr holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 721 365 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 55,9 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 134,1 tonna vafli va vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.