So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyati xorijga jami 1,8 mln AQSh dollari qiymatidagi 2 ming tonna uzum mahsuloti eksportini amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 0,4 ming tonnaga ko‘pdir.

2024- yilning 22- oktabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Sh.Rashidov” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Bo'ston” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 14 trln so‘mni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 28 596 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yoʻlovchilar soni 4 989,3 ming yoʻlovchini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 293 904 dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan.

2024-yil yanvar-sentabr oylari holatiga viloyatda yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 54 tani tashkil etdi.

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.
“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 725,2 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2024- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining avtotransport xizmatlari hajmi 24 435,3  milliard so‘mni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-sentabr oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 28,5 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 5,1 trln. so‘mni tashkil etgan. Ushb ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 9,6 % ga o‘sgan.

Respublikamizda 2024- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 901 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan kir yuvish mashinasi soni o‘rtacha 97 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 21- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida jami Jami 4569,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 108,8  foizni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr  oylarida Jizzax viloyatida kiyim ishlab chiqarish faoliyatini sanoat tarkibidagi ulushi 3,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 30,7 trln so‘mni tashkil etgan.