So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga Jizzax viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan transport xizmatlari hajmi 1 340,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,1 %ni tashkil etdi.

2024- yilning 24- oktabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Zarbdor” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Yangikent” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga Jizzax viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajjmi 414  mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,7 %ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1 683,2 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 23-  oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 23- oktabr kuni Jizzax  viloyati statistika boshqarmasi  ishbilarmonlik muxiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun  ishbilarmonlik muxiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish  statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2024- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining ko‘rsatilgan savdo xizmatlari hajmi 49 291,2 milliard so‘mni tashkil etgan.

2024- yil yanvar-iyun oylarida iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 53,2 trln soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 4 588,3 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 901 ta.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida temir yoʻl transportida 7 324,4 ming yoʻlovchi joʻnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning chuqur o‘ylangan strategiyasi izchil amalga oshirilmoqda. Davlatimiz iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarining muhim tarkibiy qismlaridan biri meva-sabzavot yetishtirishga qaratilgan.

2024- yilning 23- oktabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Do'stlik” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

Joriy yilning 23- oktabr kuni Jizzax  viloyati statistika boshqarmasi  qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun  qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 66,4 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hududiy tarkibida eng yuqori koʻrsatkichlar quyidagi miqdorida kuzatilgan:

Joriy yilning 22- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 22- oktabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda ijtimoiy soha  statistikasi boʻlimi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun  Ijtimoiy soha  statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.