Jizzax shahar 2-son politexnikumi talabalari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi, targ‘ibot tadbirida Аholini ro‘yxatga olishning maqsadi va vazifalari va 2024-yil 21-iyunda qabul qilingan PQ-228-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mazmun mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda Jizzax shahar statistika bo‘limi boshlig‘i X.Shokirov va boshqarmaning ma’sul xodimlari B.Mamayusupova, G‘.Qo‘shoqov tomonidan Аholini ro‘yxatga olish tadbiri va PQ-228-sonli qarori muhim jihatlari haqida ma’lumotlar berildi:
Statistika qoʻmitasi tizimi yil davomida aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlashi; o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirishi; Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi. Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdi.