Targ‘ibot tadbirida Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 16-mart kuni tasdiqlangan OʻRQ-611-son “Aholini roʻyxatga olish ” toʻgʻrisidagi qonuni va 2023-yil 27-noyabrda qabul qilingan PF-200-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni mazmun mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda Jizzax viloyat statistika boshqarmasi boshliq o‘rinbosari G‘.Tangriyev va boshqarmaning ma’sul xodimlari B.Mamayusupova, G‘.Qo‘shoqov hamda D.Turmatov tomonidan OʻRQ-611-son qonun va PF-200-sonli farmon muhim jihatlari haqida ma’lumotlar berildi:
Statistika qoʻmitasi tizimi yil davomida aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlashi; 2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirishi; Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati quyidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirilsin: hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana va ro‘yxatdagi tartib raqami) ma’lumotlar;
bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati) to‘g‘risidagi (ariza navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlar;
davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo‘riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);
markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirish belgilangan.
Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdi.