11/06/2025

      Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida qurilish ishlari hajmi 10,7 % ga o‘sgan.

      Jumladan, o‘sish sur’atlari bino va inshootlar qurilishida 108,3 % ni, fuqarolik obyektlari qurilishida 117,5 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 117,3 % ni tashkil etgan.

      Qurilish tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati hajmi va o‘sish sur’atlari yillar kesimida (yanvar-mart):

      2023- yil – 15 195,5 mlrd so‘m (105,9 %);

      2024- yil – 17 838,1 mlrd so‘m (109,8 %);

      2025- yil – 20 865,3 mlrd so‘m (110,7 %) ni tashkil etgan.