So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvaroktabr oylarida yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 6,5 trln. so‘mni tashkil etib, 2021-.yilning yanvaroktabr oylariga nisbatan (5,3 trln. so‘m) hajmi 1,2 trln. so‘mga oshdi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,5 % ni tashkil etdi yoki 665319,5 mln. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021- yilga nisbatan 101,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 912 dona elektromobil import qilgan.Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga oshgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 109,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-noyabr oylar yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,1 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 102,3 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 1185,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021-yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 5,1 % ni, fizik hajm indeksi esa 116,3 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,6 %, fizik hajm indeksi 101,6 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 349,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 82,9 % i yoki 2 561 203,5 mln. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 166,9 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 1,7 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, Jizzax viloyatida jami 30903,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 106,1 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida eng kop yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni savdo sohasida – 26 265 tani tashkil qildi. 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish Tashish va saqlash sohasiga tog‘ri kelib  123,5 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 721,2 ming tonna neft ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 101,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning noyabrida banan oktyabr oyiga nisbatan 3,4 % ga qimmatlashdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab yo‘lovchi transportining barcha turlari bo‘yicha 4 509,8 mln. kishi tashildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,3 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 9 ta davlatga qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,2 ming tonna anjir eksport qilgan.

Anjir eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,7 ming tonnaga oshgan.

2022- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni 30 955,8 ming birlikni, shu jumladan, aholida 26 066,9 ming birlikni tashkil etdi. Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 73 birlikni tashkil etdi.

Soʻnggi toʻrt oy davomida tuxum 25 % ga, shu jumladan, joriy yilning noyabrida 7 % ga qimmatlashdi.Joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida tuxum narxlari dinamikasi noteksi koʻrinishga ega boʻldi. 2022-yilning 11 oyi davomida tuxum narxining eng yuqori oʻsish darajasi iyun oyida (oy davomida +8,8 %), eng yuqori pasayishi iyul oyida (-5,0 %) qayd etildi. Umuman olganda, yanvar-noyabr oylari davomida tuxum narxlari 21,9 % ga oshdi.

Jizzax viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022- yil yanvar–oktabr holatiga koʻra, 147,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.