23/09/2024

      2024- yilning yanvar-iyul oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 74,6 trln soʻmni tashkil etgan.

      Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, yaʼni 23,5 % ni tashkil etgan.

      Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 120,3 % darajasida qayd etilgan.

      Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 58,8 % ni yoki 43,8 trln soʻmni tashkil etgan.

      2023- yilning shu davriga nisbatan Xorazm viloyatida yuqori oʻsish surʼati 135,9 % darajasida qayd etilgan.