So'nggi yangiliklar

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yashirin iqtisodiyotida 99 581,7 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymati yaratilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi fermer xoʻjaliklarida mavjud otlar soni 65 ming boshni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 6 va undan ko‘p kishili uy xo‘jaliklari 37,9 % ni tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 58,8 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 74,6 trln soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyatida kimyo sanoati  mahsulotlarini  ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 1,9 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 5 040,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi VMQ-13-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 993,7 tonna alyuminiy sim ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 20- sentabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Paxtakor” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

Joriy yilning 20- sentabr kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi Jizzax shahar Obod mahallasi Buxoriy ko'chasi 11- uyda  kuzatuvda bo‘ldi.

2024- yil 1- yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan oʻrta tibbiyot xodimlari soni jami 12,7 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 69,7 trln soʻmni tashkil etgan.

2023- yilda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan  tushgan sof  tushum 37 611,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasi norasmiy iqtisodiyotida 126 035,9 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 951 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 74,5 % to‘g‘ri kelib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,2 % punktga ko‘paydi. 

Aholini ro‘yxatga olishda ma’lumotlarni yig‘ish 3 xil usulda olib boriladi. An’anaviy ro‘yxatga olish, aralash ro‘yxatga olish, registr va boshqa manbalardan foydalanish usuli.