So'nggi yangiliklar

Joriy yilning yanvar-iyun oylari yakuniga koʻra, Toshkent metropolitenida jami 131,9 mln yoʻlovchi tashilgan.

2024 - yilning yanvar - iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 74,6 % i to‘g‘ri kelib, 2023 - yilning mos davri ko‘rsatkichiga nisbatan 0,8 % punktga ko‘paydi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida axborot va aloqa iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha  4,3 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning 6,1 % i yoki 14 trln soʻmi aholi mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 9,9 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash sohasida 30 680,8 mlrd soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

2024-yilning II choragida Oʻzbekiston boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yoʻlovchilar soni 3 259 ming yoʻlovchini tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 70 374 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 545,9 ming kv m gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Intellektual mulk sohasida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

Jizzax viloyati jahonning 62 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 567 364,3 mlrd so‘mga yetdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 16,7 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 41 015 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

Respondentlar — aholini ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

2024- yil yanvar-iyun oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 013 717,1 ming AQSH dollariga yetdi.

2024-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 229,3 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.