Respublikamizda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 56 016 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
savdo sohasida – 19 966 ta;
sanoat sohasida – 10 125 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 6 877 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 4 675 ta;
qurilish sohasida – 2 692 ta;
axborot va aloqa sohasida – 2 129 ta;
tashish va saqlash sohasida – 1 788 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 1 078 ta;
boshqa sohalarda – 6 686 tani tashkil etgan.