Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi VMQ-13-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2023-yil
16-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish maqsadida birqancha normativ hujjatlar ishlab chiqilgan. foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomlari bo‘sh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy qilinganligi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda, ko‘p qavatli uylarda quyosh panellarini o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kompaniyalarni tashkil etish vazifasi yuklanganligi. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.