2024- yilning yanvar-iyun oylarida 7036,2 mlrd. so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning shu davriga nisbatan 102,6 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 72,2 fozni tashkil etdi.
2024- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklarda tirik vaznda 93,6 ming tonna go‘sht (2023- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 1,2 foizga), 303,8 ming tonna sut (1,5 %), 173,3 mln. dona tuxum (2,1 %) yetishtirilib, 4789,8 tonna baliq (26,4 %) ovlandi.