04/04/2023

2023– yining 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 6,4 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 90,2 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 3,4 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumiy sonidan 18,5 % i fermer xo‘jaliklariga, 66,9 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 14,6 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 26,4 % i fermer xo‘jaliklariga, 55,1 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 18,5 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 7,7 % i fermer xo‘jaliklariga, 40,9 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 51,4 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.