18/05/2022

Joriy yilning 13-may kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida  xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ma'naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish bo‘yicha boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jizzax viloyati statistika boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Sharipov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti G‘.Qo‘shoqov tomonidan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi 2021 yil 11 avgust qabul qilingan   O‘RQ-707-sonli qonun to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berib o‘tdi.Xodimlar tomonidan qaror bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi. Xulosa o‘rnida Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.

Axborot xizmati