30/11/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilildi.

Bu sinov jarayonlari respublikamizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning asosiy tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazildi.

Shu yilning 1-5 noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish bo‘lib o‘tdi.

6-10 noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxati shakllantirildi.

Mazkur 4 ta hududning internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tmagan aholisini 11-22- noyabr kunlari ro‘yxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurgan holda, qog‘oz shaklida va planshet orqali anketa savolnomalarni to‘ldirgan holda so‘rov o‘tkazildi.

23-25 noyabr kunlari Toshkent shahrining Yashnobod tumanida, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida, Xorazm viloyatining Xiva shahrida va Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida instruktorlar tomonidan har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida qayta o‘rganildi. Mazkur nazorat kuzatuvlarida instruktorlar ro‘yxatga oluvchilar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalarni tanlanma ravishda joyiga chiqqan holda qayta tekshirib ko‘rishdi.

Sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayonlarida orttirilgan tajribalar 2023- yilda bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha asosiy tadbirning samarali o‘tkazilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

 

Axborot xizmati