So'nggi yangiliklar

Joriy yilning  28-iyul kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" o‘tkazildi.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Jizzax viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 1491,1 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 15,6 ming kishiga koʻpaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 332,6 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,9 % ga oshgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 12 742 ta bo’lib, ularning eng yuqori soni quydagi davlatlarga to’gri kelmoqda:  

2023-yil yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida jami 6,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-may oylarida Jizzax viloyatida jami 1,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 28,7 foizni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur‘ati 122,8 % ni tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida metallurgiya sanoati ulushi 1,0 % ni tashkil etib, uning fizik hajm indeksi 74,8 % ga tashkil etgan bo‘lsa, 2023- yilning yanvar-iyun oylar yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ulushi 0,8 % gacha kuzatildi, fizik hajm indeksi esa, 164,8 % o‘sish sur’atlari kuzatildi va ishlab chiqarish hajmi 71,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-may oylarida aloqa va axborotlashtirish (124,6 %), taʼlim sohasidagi (121,1 %) va moliyaviy (120,0 %) xizmatlarda yuqori oʻsish surʼatlari qayd etildi.

2023- yil yanvar-iyun oyida meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Qozog‘istonga to‘g‘ri keldi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 30,1 % i), bu ko’rsatkich Rossiyaga eksport hajmidan 1,8 barobar ko‘p.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Jizzax viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 1491,1 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 %ga koʻpaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 212,3 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,9 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, jami 45 736 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 106,0 ming dona domkratlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda savdo sohasida 17 669 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 41 949 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasida sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida sportning yakka kurash turi bilan shugʻullanuvchilar soni jami 33 256 kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan, ayollar 3 256 nafar (jamiga nisbatan 9,8 %)ni tashkil etdi.