03/11/2023

Jizzax Ravalliq mahallasida 2023-yil 3-noyabr kuni o‘tkazilgan Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 13-aprelda qabul qilingan “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 51-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Seminarda farmonning maqsadi va vazifasiga alohida e’tbor qaratildi: Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy va barqaror tizimini shakllantirish, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash, mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish maqsadida qabul qilingan. Yig‘ilish so‘ngida qatnashchilar savollar bilan faol ishtirok etdilar.