Jizzax viloyatida 2023- yil 1- oktabr holatiga doimiy aholi soni 1499,8 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 24,3 ming kishiga yoki 101,6 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 703,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 46,9 %), qishloq aholisi soni 795,9 ming kishi (53,1 %)ni tashkil etdi.