02/11/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023– yilning yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 18 904,5 mlrd. so‘mni yoki 2022– yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 18 489,0 mlrd. so‘mni (105,2 %), o‘rmon xo‘jaligi – 227,8 mlrd. so‘mni (102,6 %), baliqchilik xo‘jaligi – 187,6 mlrd. so‘mni (119,5 %) tashkil qildi.