2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari 23,8 % tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori koʻrsatkichlar moliyaviy xizmatlar (23,2 %), transport xizmatlari (22,9 %), aloqa va axborotlashtirish (6,9 %), shuningdek, taʼlim sohasidagi xizmatlar (4,2 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.