So'nggi yangiliklar
06/04/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga koʻra, jami meʼmorchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 919,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
06/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 ming tonna limon eksport qilgan.
2022- yil yanvar-dekabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 25,9 % bo‘ldi, shundan eng ko‘pi kichik korxonalar bolib, 21,1 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida esa Jizzax viloyati yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 48,9 % ni qayd etdi.
2023– yilning 1 yanvar holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 93,5 ming t. meva va rezavorlar (2021– yilning yanvardekabriga nisbatan 4,2 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Meva va rezavorlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, meva va rezavorlar ishlab chiqarish umumiy hajmidan 58,2 % i Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 141 090 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
Moliyaviy xizmatlar hajmi 23,2 mlrd. so‘mga oshib, 200,7 mlrd. so‘mga yetdi. Umumiy hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 30,5 % ni tashkil etdi. Umumiy moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 107,2 % ni tashkil etdi.
06/04/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-fevral oylarida, Jizzax viloyatida jami 288,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvarfevral oyiga nisbatan 71,9 % ni tashkil etdi.
05/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1-yanvar holatiga Jizzax viloyatidagi maktablar soni 576 tani tashkil etgan.
2022– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 237,8 ming t. go‘sht (2021– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 3,2 % ga ko‘p) yetishtirildi. Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht yetishtirish umumiy hajmidan 95,0 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.
2022– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 836,6 mln. dona tuxum (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 11,9 % ga kam) yetishtirildi. Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmidan 53,1 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.
2023-yil yanvar oyida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 778,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,4 % ga yetdi. Oʻz navbatida, ushbu xizmatlarning eng yuqori ulushi Toshkent shahri (51,4 foiz) hamda Toshkent viloyati (8,4 foiz) hissalariga toʻgʻri kelmoqda.
2022- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 51,9 % ni, sanoat – 13,1 % ni, qurilish – 5,6 % ni va xizmatlar sohasi – 29,4 % ni tashkil etdi.
05/04/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning fevral oyida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 14 921 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyati bo‘yicha jami 3 292,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.
2022– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 13 992,7 t. (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 2,2 % ga ko‘p) baliq ovlandi. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 68,7 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
2023– yining 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 6,4 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 90,2 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 3,4 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim
2023– yilning 1 yanvar holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 449,7 ming t. sabzavotlar (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 3,0 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 53,9 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
125-sahifa 202 dan