So'nggi yangiliklar

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

Boshqarmada 2023-yil 15-dekabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 878-sonli qonun va “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 879-sonli qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga koʻra, Jizzax viloyati boʻyicha savdo, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 1 294,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 73,5 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 19,1 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,4 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida reklama va bozorni konyunkturasini oʻrganish sohasidagi xizmatlar hajmi 2 065,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan oʻsish surʼati 120,3 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha savdo, yashash va ovqatlanishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 847,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 3,9 %ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 6,5 %ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-oktabr holatiga respublikada parrandalarning umumiy bosh soni 97 166,8 ming boshga yetgan.

Respublikamizda ilk bora oʻtkazilayotgan aholini roʻyxatga olish tadbiri bizga nima beradi?

Jizzax viloyati statistika boshqarmasida 2023- yil 13- dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurudagi Statistika agentligi direktorining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Melikmurotov Botir Nabijonovich ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 608 930 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) etib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,0 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 247 tonna pechenye ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakuniga koʻra sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 6 857,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 108,4 %ga yetdi. Umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 1,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 2 042,9 ming tonna goʻsht (2022-yilning yanvar–sentabriga nisbatan 103,5 %), 8 579,2 ming tonna sut (103,5 %), 6 055,9 mln. dona tuxum – (102,0 %) yetishtirildi va 91 184 tonna baliq (110,5 %) ovlandi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida sugʻurta xizmatlarining yuqori oʻsishi Surxondaryo (75,3 %), Xorazm (55,7 %), Fargʻona (36,9 %), Jizzax (35,4 %), Qashqadaryo (32,6 %), Samarqand (27,4 %), Buxoro (25,7 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (20,5 %) kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 214,7 tonna tort ishlab chiqarilgan.