22/04/2024

      Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 4 889,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar- mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 112,8 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 97,3 % ni tashkil etdi.