Oʻzbekistonda 2024-yil 1- aprel holatiga, 404 676 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 155 980 ta;
sanoat sohasida – 62 677 ta;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 33 694 ta;
qurilish sohasida – 31 454 ta;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 886 ta;
tashish va saqlash sohasida – 17 111 ta;
axborot va aloqa sohasida – 9 957 ta;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 451 ta;
boshqa sohalarda – 56 466 ta.