So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 8,9 % ni yoki 4,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 14 142,4 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 182,3 tonna pomidor sharbati ishlab chiqarilgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 2 041,8 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 12,0 % ga yuqori.

2024-yilning fevral oyida FHDYO organlarida Respublikamiz boʻyicha 65 529 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023/2024-oʻquv yili boshiga nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida, Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 6,7 trln. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb toʻrtdan uch qismini, aniqrogʻi, 63,9 % ni tashkil etdi.

2023– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 15 097,5 tonna (2022– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 0,5 % ga ko‘p) baliq ovlandi. 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 103 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga koʻpaydi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 10 750 tani tashkil etgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatining YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 49,2 %, sanoat – 16,9 %,qurilish – 5,2 % va xizmatlar sohasi – 28,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 28-mart kuni Jizzax politexnika institutida “Aholini roʻyxatga olish va uni oʻtkazish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Jizzax viloyati statistika boshqrmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida 2024-yil 27-29-mart kunlari  “Statistika” yo‘nalishida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida FHDYO organlarida qishloq joylarda respublika boʻyicha 18 757 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023/2024-oʻquv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 7,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yili boshiga nisbatan 5,3 ming nafarga oshganini  koʻrish mumkin.  

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 63,7 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, 102 180 ta xususiy korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.