Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 63 730,1 ming AQSH dollariga (2023- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 1,2 % ga kamaydi) va import hajmi 569 263,7 ming AQSH dollariga (84,2 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida 505 533,6 ming AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.