25/04/2024

      2023-yil yakunlariga ko‘ra Respublikasida tashish va saqlash sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 56,7 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 8 % ga o‘sdi.

      Tashish va saqlash sohasining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,4 f.p.ni tashkil etdi.

      Tashish va saqlash sohasining YAIMidagi ulushi 5,6 % ga yetdi.

      Tashish va saqlash sohasida yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (6,8 %) va Samarqand viloyatida (5,6 %) kuzatildi.