So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, 67 347 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan. So‘nggi besh yilning mos davrlarida ularning o‘sish dinamikasi quyidagicha:
05/12/2023 • So'nggi yangiliklar
Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda.
2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 34 651 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
04/12/2023 • So'nggi yangiliklar
2022/2023-o‘quv yili boshida Jizzax viloyati oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 36 951 nafarni tashkil etgan.
Joriy yilning 1-noyabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 608 930 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) etib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,0 %ni tashkil etdi.
04/12/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida aholining o‘rtacha uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi 18,5 kv.m.ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,3 kv.m.ga oshgan.
04/12/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 45,7 ming tonna neft koksi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,1 % ga oshgan.
04/12/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 632 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Eronga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.
Boshqarmada 2023-yil 1-dekabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.
01/12/2023 • So'nggi yangiliklar
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagokiga universitetining “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti talabalari ishtirokida tashkil etildi
01/12/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 73,8 %ni tashkil etdi. Jizzax viloyati yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi eng ko‘p bo‘lib, 98,3 %ni tashkil etdi.
2023– yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 0,7 ming tonna uzum (2022– yilning yanvar-sentabriga nisbatan 5,6 % ga kam) ishlab chiqarildi.
2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakuniga koʻra sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 6 857,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 108,4 %ga yetdi. Umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 1,8 %ni tashkil etdi.
30/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 8 265 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Hindistonga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.
30/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 89,2 ming tonna shagʻal qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 barobarga oshgan. 2023-yilning oktabr oyida yirik korxonalar tomonidan 2,8 ming tonna shagʻal qazib olindi.
2023– yilning 1–oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 959,3 ming taga yetdi. 2022– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni – 15,8 ming taga (1,7 %) ko‘paydi.
29/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2023-yil 1-noyabr holatiga 102 954 ta xususiy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, so’nggi besh yilning mos davrlarida ularning dinamikasi quyidagicha:
2-sahifa 123 dan