Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Ikrom Jumaniyazov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatining Zomin tumaniga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tumanda amalga oshirilayotgan tayyorgarlikning joriy holati o‘rganilib, mas’ullarga tadbirning sifatli va yuqori darajada tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.




