Jizzax viloyat statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-214-sonli farmon mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilish davomida quydagilarga alohida to‘xtalib o‘tildi: tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, biznesni boshlashda davlat xizmatlarini kompleks tarzda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida qaror qabul qilingan. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning maʼmuriy xarajatlarini 90 milliard soʻmgacha qisqartirish, shuningdek, davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilangan.
2026-yil 1-yanvardan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida quyidagi xizmatlarni koʻrsatish tartibi joriy etilsin. elektron raqamli imzo kalitini berish; bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish. ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish belgilangan. Kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



