So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 28- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

      2024- yilning 28- noyabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  Zafarabod  tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Jizzax viloyatida elektr jihozlarini ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 28- noyabr kuni Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlarida hududiy statistika organlari xodimlari tomonidan yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazilmoqda

Aholini   ro‘yxatga   olish to‘g‘risidigi    O‘zbekiston    Respublikasining   Qonunida   respondentlarning va ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari ham to‘liq belgilab berilgan.

Joriy yilning 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar- oktabr oylari holatiga Jizzax viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlari hajmi 256,7 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 

Jizzax viloyatida 2024-yilning yanvar-oktabr oylari davomida yirik korxonalar tomonidan jami 50 726 dona yengil avtomobillari ishlab chiqarildi.