14/10/2025

      Joriy yilning 13-oktyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi mahallalar uyushmalari Jizzax viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi Baxmal va G‘allaorol tumanlaridagi olis aholi punktlardagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inining “mahalla yettiligi” faollari ishtirokida seminar tashkil etildi.Seminarning asosiy masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli         Farmoniga bag‘ishlandi.Tadbirda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig'i B.Mamayusupova , O‘zbekiston Respublikasi mahallalari uyushmalari hamda boshqarma Axborot xizmati bosh mutaxassisi D.Turmatov qatnashdilar.Kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala yuzasidan mutaxassislar ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etish, jumladan, mahalla xaritasini qayta ko‘rib chiqish, xonadonlarning raqamlashtirish ishlari, mahalla aholisining mazkur tadbirda faol ishtirokini hamda beriladigan ma’lumotlar shaffof va haqqoniyligini ta’minlash borasida hamkorlikda ishlarni amalga oshirish haqida kelishib olindi.