16/02/2024

Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–608-son qarori hamda 2023-yil 30-noyabrdagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: So‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotining raqamli sektori kengayib, uning asosiy o‘sish omillari hisoblangan elektron tijorat platformalari, raqamli servislar va ularda amalga oshiriladigan to‘lovlarni sifatli va xavfsiz qayta ishlash bilan bog‘liq moliyaviy texnologiyalar shiddat bilan rivojlanmoqda. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.