2024- yil 1- yanvar holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 19 923 tani tashkil etdi.
2023- yil yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 125 taga kamayganligini ko‘rish mumkin. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar sonining tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 244 taga ko‘paygan, oilaviy korxonalar 242 taga kamaygan.