06/02/2024

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilda Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 33 323,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 5,0 % ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2022- yil narxlariga nisbatan 115,2 % ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Jizzax viloyatining qo‘shgan hissasi 3,1 % ga yetdi.