08/02/2024

Joriy yilning 8-fevral kuni Jizzax viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollar zalida viloyat, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar  instituti direktori I.f .d, professor  B.G‘ayibnazarov, Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i D.Muladdjanov, Viloyat, tuman va shahar statistika bo‘limi xodimlari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.Seminarni Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i D.Muladdjanov kirish so‘zi bilan ochib berib, so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B.G‘ayibnazarovga berdi. Shuningdek seminar davomida Viloyat statistika boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi va ekalogiya statistikasi bo‘limi bo‘lim boshlig‘i Zakirov Akram, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi bo‘lim boshlig‘I D. Abdujabborovlar tomonidan 1-kb shakli, 1 fx shakli (yillik) davlat statistika hisobotlarini to‘g‘ri to‘ldirish va oʻz vaqtida topshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.Seminar yakunida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar bo‘yicha berilgan savollarga boshqarmaning malakali mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.