Jizzax viloyatidagi tashkiliy-huquqiy shakli jamoat birlashmasi, jamoat fondi, muassasa, uyushma (ittifoq) bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari diqqatiga!
Statistika organlariga taqdim etiladigan 1-NNT shakli (yillik) davlat statistika hisobotini 2025- yil 4-martdan kechiktirmay, Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/uz/login/) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.
Jizzax viloyati statistika boshqarmasi