20/12/2024

      Joriy yilning 20-dekabr kuni  Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  "Narx statistikasi" bo‘limi boshligi Jaxongir Yoʻldoshev hamda Zomin tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Farxod Ergashev ishtirokida oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha “Iste’mol narxlari indeksi” oylik kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi. Bundan tashqari mutassadilar “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining 2025-yilga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.