20/12/2024

      Aholini   roʻyxatga   olish toʻgʻrisida”gi    Oʻzbekiston    Respublikasining   Qonunida   aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish tartibi ham belgilangan.

      Aholini    roʻyxatga   olishni    oʻtkazish   sanasida   chaqiruv   asosida muddatli    harbiy    xizmatni    oʻtayotgan    harbiy    xizmatchilar    boʻlgan, shuningdek   kontrakt   boʻyicha   harbiy   xizmatga   jalb   etilgan   harbiy xizmatchilar  boʻlgan  va  ularning  yopiq  hududlarda  yashayotgan  oila  aʼzosi boʻlgan respondentlar haqidagi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish harbiy qism komandiri yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

      Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish sanasida bolalar internatlarida, tarbiya       muassasalarida,       “Bolalar       shaharchalari”da,       ijtimoiy muassasalarda,  diniy  muassasalarda,  shifoxonalarda  va  boshqa  sogʻliqni saqlash  tashkilotlarida,  ayollarni  reabilitatsiya  qilish  va  moslashtirish markazlarida;  qamoqda  saqlash  joylarida,  tergov  hibsxonasida,  axloq tuzatish   muassasalarida   va   maxsus   muassasalarda   yashayotgan   (boʻlgan) respondentlar   toʻgʻrisidagi   shaxsga   doir   maʼlumotlarni   yigʻish   ushbu qismda  nazarda  tutilgan  muassasalar  hamda  tashkilotlar  maʼmuriyatlari tomonidan amalga oshiriladi.

      Oʻzbekiston       Respublikasining       diplomatik       vakolatxonalari va   konsullik   muassasalari,   shuningdek   Oʻzbekiston   Respublikasining xalqaro   tashkilotlar   huzuridagi   vakolatxonalari   xodimlari   boʻlgan Oʻzbekiston  Respublikasi  fuqarolari  hamda  ularning  oʻzi  bilan  birga boʻlgan  oila  aʼzolari,  shu  jumladan  Oʻzbekiston  Respublikasi  Tashqi ishlar   vazirligi   tomonidan   xalqaro   hukumatlararo   tashkilotlardagi kvotalangan lavozimlarga yuborilgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan roʻyxatga olinishi lozim.

      Oʻzbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligida  akkreditatsiya qilingan     chet     davlatlar     doimiy     vakolatxonalarining,     xalqaro, hukumatlararo   tashkilotlar   va   chet   davlatlar   hukumat   tashkilotlari vakolatxonalarining    xodimlari    boʻlgan    chet    el    fuqarolari    hamda ularning    oila    aʼzolari,    shuningdek    Oʻzbekiston    Respublikasining xalqaro        shartnomalariga        muvofiq        diplomatik        imtiyozlarga va immunitetga ega boʻlgan boshqa shaxslar roʻyxatga olinmaydi.

      Qonunga   muvofiq   shaxsga   doir   maʼlumotlarni   yigʻish   va   ularga ishlov  berish  natijasida  shakllantirilgan  yigʻma  statistik  axborotlar aholini roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlari hisoblanadi.

 

  Forish tuman statistika bo‘limi