So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-аvgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 10 331,5 mlrd. so‘mga yetdi. 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 110,7 % ni tashkil etdi.

Bugungi kunda viloyatda 2752 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 746 tasi ( faoliyat yuritayotgan korxonalar umumiy sonining 27,1 % i ) Jizzax shahriga, 387 tasi (14,1 %) Sharof Rashidov tumaniga, 323 tasi ( 11,7 %) G‘allaorol tumaniga, 247 tasi ( 9,0 %) Zomin tumaniga va 175 tasi (6,4 %) Zarbdor tumaniga to‘gri kelmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023– yilning yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 18 904,5 mlrd. so‘mni yoki 2022– yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 18 489,0 mlrd. so‘mni (105,2 %), o‘rmon xo‘jaligi – 227,8 mlrd. so‘mni (102,6 %), baliqchilik xo‘jaligi – 187,6 mlrd. so‘mni (119,5 %) tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 12 873,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,5 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax  viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 9,0 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  125,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 447 390,3 mln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 108,2 %ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 14271,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar - iyun oylarida respublikamiz boʻyicha jami 1 020,0 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,0 % ga koʻp.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 74,7 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 2,2 % punktga ko‘paydi.

2023- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 418,7 mingtani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 35,5 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 43,6 % ga oshgan. 

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasida 4 440 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 168,2 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,1 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida 2,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 45,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning birinchi 6 oyi davomida respublika boʻyicha jami 243,2 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,8 %ga oʻsish qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 83,4 ming tonna shagʻal qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,8 martaga oshgan. 2023-yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 4,7 ming tonna shagʻal qazib olindi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 67 685 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bolib, ularni so’nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning birinchi yarim yilligi davomida respublika boʻyicha jami 3 300,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 102,3 %ni tashkil etdi.