So'nggi yangiliklar

Statistika organlariga taqdim etiladigan 1-umumta’lim shakli (yillik) Umuta’lim tashkilotning faoliyati to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini 2023- yil 10-oktabrdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/uz/login/) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida kichik tadbirkorlik hajmi 3 104,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha Surxondaryo (128,0 %), Namangan (125,4 %), Xorazm (124,8 %), Sirdaryo (124,6 %)  va Andijon (124,3 %) viloyatlari yuqori o‘sish sur’ati kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 986,7 tonna pechenye ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 41,7 %ga oshgan. 

2023- yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 63,6 %ni tashkil etdi. 

Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 55 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 627 196 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, ushbu ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37 696 nafarga (6,4%) koʻpaygan.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 73,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 36,3 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-iyul oyida chakana savdo tovar aylanmasi 4236,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 1491,1 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 15,6 ming kishiga yoki 101,1 % ga ko‘paydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida axborot va aloqa sohasida 1 792 ta yangi korxonalar tashkil etilib, ular 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 629,8 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 80,8 % bilan ustunlik qildi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 170,2 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 martaga oshgan.

2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 4 826 ta nikoh holatlari qayd etilgan.