03/01/2024

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 17 568,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,6 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 96,7 % ni tashkil etdi.