So'nggi yangiliklar

2023– yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 311,6 mln. dona tuxum (2022– yilning yanvar–sentabriga nisbatan 11,9 % ga ko‘p) yetishtirildi. Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmidan 48,3 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning  10-noyabr  kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" o‘tkazildi.

Boshqarmada 2023-yil 10-noyabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 816,7 ming dona akkumulyator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 35,8 % ga oshgan. 

Joriy yilning 9-noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida  2023-yil III chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, boshqarmaning tarmoq va hududiy statistika bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 5 311,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022-yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 125,6 % darajasida qayd etildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 137 432,4 mlrd. soʻmni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,9 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 48,6 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 119 088,5 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115,5 %ni tashkil etdi. 

Jizzax viloyati bo‘yicha ko‘chib kelganlarning taqsimlanishi 2023- yil yanvar-sentabr, ( kishi) 2023- yil yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyati bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar jami soni 4 765 kishini.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, savdo sohasida 158 182 ta faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar mavjud bo‘lib, ular jami korxonalar sonining 32,5 %ni tashkil etadi. Ularning  soni hududlar kesimida quyidagicha:

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari 23,8 % tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori koʻrsatkichlar moliyaviy xizmatlar (23,2 %), transport xizmatlari (22,9 %), aloqa va axborotlashtirish (6,9 %), shuningdek, taʼlim sohasidagi xizmatlar (4,2 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Jizzax Ravalliq mahallasida 2023-yil 3-noyabr kuni o‘tkazilgan Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 13-aprelda qabul qilingan “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 51-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

Jizzax viloyatida 2023- yil 1- oktabr holatiga doimiy aholi soni 1499,8 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 24,3 ming kishiga yoki 101,6 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 703,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 46,9 %), qishloq aholisi soni 795,9 ming kishi (53,1 %)ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023-yilning yanvar-аvgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 10 331,5 mlrd. so‘mga yetdi. 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 110,7 % ni tashkil etdi.

Bugungi kunda viloyatda 2752 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 746 tasi ( faoliyat yuritayotgan korxonalar umumiy sonining 27,1 % i ) Jizzax shahriga, 387 tasi (14,1 %) Sharof Rashidov tumaniga, 323 tasi ( 11,7 %) G‘allaorol tumaniga, 247 tasi ( 9,0 %) Zomin tumaniga va 175 tasi (6,4 %) Zarbdor tumaniga to‘gri kelmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023– yilning yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 18 904,5 mlrd. so‘mni yoki 2022– yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 18 489,0 mlrd. so‘mni (105,2 %), o‘rmon xo‘jaligi – 227,8 mlrd. so‘mni (102,6 %), baliqchilik xo‘jaligi – 187,6 mlrd. so‘mni (119,5 %) tashkil qildi.