So'nggi yangiliklar
Oʻzbekistonda 2023- yilning yanvar oyida 18 032 ta nikoh tuzish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
2023-yilning yanvar oyida kartoshka narxlari bir oyda 1,4 % ga oshgan boʻlsa, 2022-yilning yanvariga nisbatan 7,7 % ga arzonlashdi.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 726,0 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
“Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3413-sonli buyruq mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi va targ‘ibot yig‘ilishida buyruqning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida yozma shaklda tuziladi.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabr oylari davomida respublika boʻyicha taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 15,4 trln. soʻmni tashkil etib, 2021-yilning shu davriga nisbatan 15,3 % lik oʻsish qayd etildi.
2023- yilning yanvarida nok narxlari 2022-yilning yanvariga nisbatan 17,6 % ga past boʻldi.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Soʻnggi 5 yilda qurilish sohasida jami 32 224 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 7,6 %i shu sohada tashkil etilgan.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1-fevral holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 442 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyida bu sohada 118 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 319 288,2 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2021-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 12,3 % ga oshdi.
2022/2023 o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumta’lim muassasalarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 521,6 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020 o‘quv yili boshiga nisbatan 35,0 ming nafarga ko‘paygan.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
O’zbekistonda 2023-yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 527 222 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 523 556 tani tashkil etgan.
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 3,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,6 ming tonna kivi import qilgan.
09/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 131,0 trln. so‘mni tashkil etib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 48,6 % ni tashkil etdi.
09/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi avtotransport vositalari soni 312 764 donani tashkil etib, shulardan 92,5 foizi (289 279 dona) Oʻzbekistonda, 7,5 foizi (23 485 dona) boshqa chet el mamlakatlarida ishab chiqarilgan.
09/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvarida mosh narxlari 2022-yilning dekabriga nisbatan 1,1 % ga arzonlashdi.
09/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Soʻnggi 5 yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida jami 51 725 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 12,2 % i shu sohada tashkil etilayotganligini anglatadi.
09/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Mamlakatimizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami soni 527 222 taga yetdi va so’nggi besh yilda ularning usish sur’ati quyidagicha aks etdi:
135-sahifa 202 dan