04/03/2024

2023– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 419,9 mln. dona tuxum (2022– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 11,7 % ga ko‘p) yetishtirildi. Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmidan 48,1 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.